Project: Survive
Minecraft Java (kompyuter) uchun xarita · 1.12.2 — o'zbekcha tavsif, bepul yuklab olish.
Tavsif
- 2 ta jamoa mavjud va har bir jamoa o'z baza'sini rivojlantirish hamda pul topish uchun turli buyumlarni loot qilib, ikkinchi jamoadan tezroq taraqqiy etishi kerak.
- O'yin oxirida, raqibiga nisbatan kuchsizroq bo'lgan jamoa moliyaviy yordam oladi va shu orqali raqib baza'siga hujum qilib, uni egallashi hamda round'da g'olib bo'lishi kerak.
Shuningdek, map'da ko'plab turli xil lokatsiyalar mavjud. Lokatsiyalar — bu to'satdan boshlangan otishmalardan yashinish yoki baza'ni прокачка qilish uchun kerakli resurslarni to'plash mumkin bo'lgan joylar.
Batafsil ma'lumotni spawn'dagi NPC orqali bilib olishingiz mumkin!
Map buzilib qolmasligi uchun uni 20 chunk qilib sozlang YOXUD map'ni alohida server'ga qo'shing!
Map'da 2 dan 20 nafargacha o'yinchi o'ynashi mumkin.
Agar biror bug yoki iqtisodiyotda kamchilik topsangiz, Discord'da yozing.
Bizning discord server: https://discord.gg/qUFbrqQUqH
Yangiliklar:
Versiya 1.0.3
- Random ob-havo qo'shildi.
- Ba'zi qurollarda o'rnatilgan obves'lar paydo bo'ldi.
- O'yin davomida bunker'ni yopish imkoniyati qo'shildi.
- Endi jamoalar bir xil darajada bo'lsa, bosib olish uchun random jamoa tanlanadi.
- O'yin davomida yangi foydali xabarlar qo'shildi.
- Endi arxivda management fayli mavjud.
- Iqtisodiyot biroz to'g'rilandi.
- Ba'zi bug'lar tuzatildi.
Versiya 1.0.5
- Jamoa tanlaganingizda bu haqda xabar keladi.
- Endi o'yin vaqtida qo'shilgan yangi o'yinchilar avtomatik tarzda spectator'ga o'tkaziladi.
- NPC'da map'ni restart qilish tugmasi qo'shildi.
- Hudud nomlari spawn'ga qo'shildi.
Versiya 1.1.0
- Chat'da o'yinni yakunlash tugmasi qo'shildi.
- Endi o'yin vertolyotlar ichida boshlanadi.
- Ba'zi quest'larda oldingi level qurollari talab qilinadi.
© Ma'lumotlar ochiq manbalardan to'plangan, barcha huquqlar mualliflariga tegishli. Muallif bo'lsangiz va olib tashlashni istasangiz — bog'laning.








