Minecraft Java'ga mod o'rnatish: Forge va Fabric bo'yicha qo'llanma
Qo'llanma · 06.10.2026
Minecraft Java'da modlar .jar fayl ko'rinishida bo'ladi va ishlashi uchun mod yuklovchi (loader) kerak: Forge, Fabric yoki NeoForge. Qaysi biri kerakligi mod sahifasida yozilgan.
1. Versiyani aniqlang
Mod sahifasidagi «Versiya» qatoriga qarang — masalan, 1.20.1. Minecraft, loader va mod bir xil versiyada bo'lishi shart: 1.20.1 uchun mod 1.21 da ishlamaydi.
2. Loader'ni o'rnating
- Forge: rasmiy saytdan (files.minecraftforge.net) kerakli versiya installer'ini yuklab, «Install client» ni bosing.
- Fabric: fabricmc.net saytidagi installer'ni ishga tushiring, Minecraft versiyasini tanlab «Install» bosing. Ko'p Fabric modlari qo'shimcha ravishda Fabric API modini talab qiladi.
- NeoForge: 1.20.2 dan keyingi ba'zi modlar uchun; o'rnatilishi Forge bilan bir xil.
O'rnatgandan keyin Minecraft Launcher'da yangi profil (forge / fabric-loader) paydo bo'ladi. Uni bir marta ishga tushirib yoping — kerakli papkalar yaratiladi.
3. Modni mods papkasiga tashlang
Win + R bosing, %appdata%\.minecraft deb yozing va Enter. mods papkasini oching (yo'q bo'lsa — yarating) va .jar faylni shu yerga tashlang.
4. O'yinni loader profili bilan ishga tushiring
Launcher'da forge yoki fabric profilini tanlab «Play» bosing. Bosh menyudagi «Mods» tugmasi orqali mod yuklanganini tekshiring.
Ko'p uchraydigan xatolar
- O'yin ochilmay yopilib qoladi: ko'pincha modga kerakli boshqa mod (dependency) yo'q. Xato oynasi yoki logs papkasidagi latest.log faylida qaysi mod kerakligi yoziladi.
- Java xatosi: Minecraft 1.20.5 va undan yangisi Java 21, 1.18–1.20.4 Java 17 talab qiladi. Rasmiy launcher mos Java'ni o'zi beradi; boshqa launcherlarda versiyaga e'tibor bering.
- Ikki mod mos kelmaydi: oxirgi qo'shgan modni olib tashlab sinab ko'ring.
Shaderlar uchun Iris (Fabric) yoki OptiFine kerak, ular shaderpacks papkasiga tashlanadi. Modlar: Java modlari, shaderlar, versiyalar bo'yicha.
Bo'limlar
Boshqa maqolalar
- Minecraft'ga skin qanday o'rnatiladi: telefon (PE) va kompyuter (Java)
- .mcpack ochilmayapti yoki mod ishlamayapti — 7 ta sabab va yechim
- Minecraft PE'ga mod (addon) qanday o'rnatiladi: .mcpack va .mcaddon
- Eng xavfli moblar bilan kurashish sirlari: Warden, Ravager va boshqalar! 🔥
- Survival rejimida uzoq yashash uchun top 10 ta maslahat! 💎